Labbay
Instagram Direct va Telegram uchun AI sotuvchi

Instagram va Telegram'da yozgan xaridor javobsiz qolmaydi. Kechasi soat 2 da ham.

Labbay AI mahsulot va narxni o'zingiz kiritgan katalogdan aytadi, telefon raqamini so'raydi va lidni voronkaga qo'yadi. Xaridor sotib olishga tayyor bo'lsa, Telegram'ingizga xabar keladi.

Boshlash uchun bepul kredit Karta kerak emas Rasmiy Meta API
Namuna suhbat: Instagram Direct → Labbay CRM
Namuna
DK
@dilnoza_karimova
onlayn
Labbay AI

Assalomu alaykum, sizda krossovkalar bormi?

14:22
Avto-javobAI Agent

Va alaykum assalom! Bor. Qaysi biri kerak: oq, qora yoki sport modeli? Rasm tashlasangiz, aynan shunisini qidirib beraman.

14:22
Sinxron kutilmoqda...
Voronka: Yangi murojaat
Voronka1/4
Mijoz@dilnoza_karimova
24 / 7
Uzluksiz ish
Operator
Istalgan paytda aralashadi
Telegram
Issiq lid haqida xabarnoma
Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishga tushadi

Dasturchi kerak emas. Hisob ochilgach, hammasini o'zingiz sozlaysiz.

1

Instagram va Telegram'ni ulang

Instagram rasmiy Meta orqali ulanadi, parolingiz so'ralmaydi. Telegram uchun @BotFather bergan bot tokenini kiritasiz.

2

Katalog va qoidalarni kiriting

Mahsulot, narx va yetkazib berish shartlarini qo'shing yoki MoySklad, Billz'dan torting. AI qanday ohangda yozishini ham shu yerda aytasiz.

3

Sinab ko'ring va yoqing

Avval sinov chatida o'zingiz mijoz bo'lib yozib ko'ring. Javoblar yoqsa, AI ni yoqasiz va lidlar voronkaga tusha boshlaydi.

AI sotuvchi nima qiladi

Mijoz yozgandan buyurtmagacha

Mijozning savolini o'qiydi, katalogdan mos mahsulotni topadi va suhbatni buyurtmagacha olib boradi. Lotin, kirill va ruscha-o'zbekcha aralash yozilgan xabarni ham tushunadi.

Narxni katalogdan aytadi

«Bu sumka qancha?» deb so'rashsa, AI narxni siz kiritgan katalogdan oladi. Narx va chegirma mijozga ketishidan oldin tekshiriladi.

Telefon raqamini o'zi so'raydi

Xaridor qiziqqanda AI raqam, manzil, o'lcham kabi kerakli ma'lumotni so'raydi. Kartaga faqat mijozning o'zi yozgan raqam tushadi.

Lidlarni sovuq, iliq va issiqqa ajratadi

Har suhbat baholanib, voronkaning kerakli bosqichiga tushadi. Ertalab kim sotib olishga tayyorligini bir qarashda ko'rasiz.

Instagram va Telegram bitta oynada

Direct va Telegram suhbatlari bitta inboxda turadi. Istalgan suhbatga o'zingiz qo'shilasiz, shu payt AI jim turadi.

Bilmagan savolni sizga beradi

Katalogda yo'q narsani so'rashsa, AI taxmin qilib o'tirmaydi. Suhbatni sizga o'tkazadi va Telegram'ga xabar yuboradi.

Kechasi yozganlarni ham ushlab qoladi

Soat 23:40 da «ertaga olib ketsam bo'ladimi?» degan xabar ertalabgacha kutib qolmaydi. AI javob beradi, raqamni oladi, siz ertalab tayyor lidni ko'rasiz.

Labbay CRM

Har bir xaridor ko'z oldingizda

Suhbatlar, lidlar va voronka bitta joyda. Kim nima so'radi va kimga qo'ng'iroq qilish kerakligini ochib ko'rasiz.

Yangi
@jasur_real

Katalog tashlab bering iltimos

AI javob berdi1m oldin
@zarina_style

Sumka narxi qancha?

AI javob berdi4m oldin
Ishda
@nodir_bek

Qora rangi ham bormi shuni?

320,000 UZSIliq lid
Issiq lidlar
Dilnoza KarimovaIssiq

Manzil: Chilonzor 7, 12-uy

450,000 UZSManzil olindi
Muvaffaqiyatli sotuv
Azizxon M.Sotildi

Buyurtma tasdiqlandi

890,000 UZS

Namuna ma'lumotlar bilan ko'rsatilgan. Haqiqiy ekran sizning suhbat va lidlaringizdan iborat bo'ladi.

Integratsiyalar

Ishlatayotgan xizmatlaringiz bilan ulanadi

Hozirgi tizimingizni almashtirmaysiz. Keraklisini ulaysiz, qolgani o'z joyida qoladi.

InstagramDirect xabarlar
TelegramMijoz boti va egaga xabar
MoySkladOmbor va qoldiq
BillzKatalog va qoldiq
amoCRMLid va bosqichlar sinxroni
Narx

Qancha ishlatsangiz, shuncha to'laysiz

Har AI javobi kreditdan yechiladi. Oylik to'lov olinmaydi, kredit tugasa balansni to'ldirasiz.

Obunasiz, kredit bilan
Kredit bilan
  • Ro'yxatdan o'tganingizda boshlash uchun bepul kredit beriladi, karta so'ralmaydi
  • Balansni Click orqali xohlagan paytda to'ldirasiz
  • AI modellari va kalitlari bizning tomonda, OpenAI yoki Google hisobini ochishingiz shart emas
Bepul boshlash

Nazorat sizda qoladi

Narxni o'ylab topmaydi

Har narx katalog bilan solishtiriladi.

Bilmasa, sizdan so'raydi

Taxmin o'rniga suhbatni sizga beradi.

Xohlagan payt aralashing

Suhbatga qo'shiling yoki AI ni bitta tugma bilan o'chiring.

Avval sinab ko'ring

Mijozlarga yoqishdan oldin sinov chatida tekshiring.

Kalitlar shifrlangan

Instagram, MoySklad va AI kalitlari bazada shifrlangan holda turadi.

Rasmiy Meta ulanishi

Instagram Meta OAuth orqali ulanadi. Parolingizni bilmaymiz, ruxsatni Instagram sozlamalaridan istalgan payt olib qo'yasiz.

Har do'kon alohida

Bir do'konning mijozlari va suhbatlari boshqa do'konga ko'rinmaydi.

Taqqoslash

Operator va Labbay AI yonma-yon

Bir xil savol keldi. Kim qanday javob beradi?

Operator yoki sotuvchi

  • Kechasi va bayramda telefon o'chiq
  • Kun oxirida charchab, xato qiladi
  • Narxni yoddan aytadi, adashishi mumkin
  • Bir paytda 1–2 mijoz bilan gaplasha oladi

Labbay AI Tavsiya

  • Kechasi ham, bayramda ham javob beradi
  • Ertalab ham, kechqurun ham bir xil ohangda yozadi
  • Narxni katalogdan oladi va tekshiradi
  • Har suhbatga alohida javob beradi, hech kim navbat kutmaydi
Hisoblagich

Kech javob sizga qanchaga tushyapti?

Kuniga nechta yozishadi va o'rtacha chek qancha, shuni qo'ying. Qolganini hisoblagich chiqaradi.

50 ta / kun
10 ta120 ta250+ ta
350 000 UZS
100 000 UZS750 000 UZS1 500 000+ UZS
3%
2%8%15%
Oyiga qaytishi mumkin bo'lgan tushum
Qo'shimcha tushum, oyiga
+15 750 000 UZS
Saqlab qolingan buyurtmalar~45

Bu taxmin: so'rovlarning 3% i kech javob sabab yo'qoladi va AI ularni ushlab qoladi deb hisobladik. Sizda raqam boshqacha chiqishi mumkin.

Labbay AI haqida: Instagram Direct va Telegram uchun AI sotuvchi

Labbay AI O'zbekistondagi Instagram va Telegram do'konlari uchun yaratilgan AI sotuvchi. Mijoz Direct'ga yoki Telegram botingizga yozganda AI javob beradi, mahsulot va narxni katalogingizdan aytadi, telefon raqamini so'raydi va lidni CRM voronkaga qo'yadi.

AI o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha yozadi. Issiq xaridor paydo bo'lsa yoki savolga javob topilmasa, sizga Telegram'da xabar keladi va suhbatni o'zingiz davom ettirasiz.

  • Instagram rasmiy Meta API orqali, Telegram esa o'z botingiz orqali ulanadi
  • Murakkab savolda AI suhbatni operatorga beradi va Telegram'da ogohlantiradi
  • MoySklad, Billz va amoCRM bilan sinxron, hamma suhbat bitta inboxda
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Obuna yo'q, har AI javobi kreditdan yechiladi. Ro'yxatdan o'tganda boshlash uchun bepul kredit beriladi, karta so'ralmaydi.

Bugun kechqurundan AI sotuvchi ishlay boshlasin

Hisobni bir daqiqada o'zingiz ochasiz, boshlash uchun bepul kredit beriladi. Instagram'ni ulab, birinchi suhbatni o'zingiz sinab ko'rasiz.

Bepul boshlash